
2018-yilda Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'alaba qozongan Fransiya terma jamoasi a'zosi Flerian Toven o'sha paytdagi jamoaning mustahkam aloqalari haqida gapirib berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Futbolchi hozirgacha o'sha davr sportchilari bilan aloqada ekanligini ta'kidladi. "Bu muvaffaqiyat bizni umrbod bog'lab qo'ydi.
Ko'pchiligimiz chinakam do'st bo'lib qoldik. Tez-tez Olivye Jiru va Pol Pogba bilan gaplashib turaman.
Antuan Grizmann, Kilian Mbappe, Stiv Mandanda, Blez Matyuidi - ularning hammasini endi do'stlarim deb bilaman. O'sha g'alaba mening futbolchilik faoliyatimdagi eng yuqori cho'qqi bo'ldi", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, navbatdagi futbol bo'yicha jahon chempionati shu yozda bo'lib o'tadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0