Oltin quymalar narxi tushdi: 23 apreldagi yangi narxlar e’lon qilindi

0
Oltin quymalar narxi tushdi: 23 apreldagi yangi narxlar e’lon qilindi
O'zbekiston Markaziy banki 23 aprel kuniga o'lchovli oltin quymalar narxini yangiladi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, oltinning bir grammi narxi avvalgi ko'rsatkichlardan 19 600 so'mga kamaygan. Ushbu o'zgarish oltin quymalar narxlariga quyidagicha ta'sir ko'rsatdi: 5 grammlik quymaning narxi 9 470 000 so'm, 10 grammlik – 18 939 000 so'm, 20 grammlik – 37 879 000 so'mga baholanmoqda.

Shuningdek, 50 grammlik oltin quymasi 94 697 000 so'm, 100 grammlik esa 189 394 000 so'm narxda sotilmoqda. O'lchovli oltin quymalarini mamlakatdagi deyarli barcha bank filiallaridan sotib olish imkoniyati mavjud.

Oltin narxining tez-tez o'zgarishi tufayli, banklarga borishdan oldin oltin quymalari mavjudligini aniqlashtirib olish tavsiya etiladi. Xorijiy OAV xabar berishicha, oltin narxining oshishi bilan birga, unga bo'lgan talab ham ortib bormoqda.

Shu sababli, ayrim bank filiallarida oltin quymalarining zaxirasi kamayib borayotgani mumkin. Moliya bozoridagi vaziyatni kuzatish va oltin xarid qilishni rejalashtirayotganlar uchun bu muhim ma'lumot hisoblanadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Iqtisodiyot yangiliklari