Qozog'iston investorlar uchun soliq imtiyozlari va yangi vizalar joriy etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Qozog'iston investorlar uchun soliq imtiyozlari va yangi vizalar joriy etdiQozog'iston investitsiya va migratsiya siyosatida yangi tizimni joriy etdi

Qozog'iston hukumati mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida migratsiya qoidalarini tubdan yangiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Tokayev tomonidan imzolangan farmonga ko'ra, endilikda davlat cheklovchi kvota tizimidan voz kechib, rag'batlantirishga asoslangan modelga o'tadi. Mazkur islohotlarni to'liq hayotga tatbiq etish uchun vazirlar mahkamasiga 2026 yil yakuniga qadar muddat belgilandi.

Yangi tartib doirasida viza turlari birxillashtirildi. Endilikda yirik investorlar uchun biznes vizasi, olim va shifokorlar uchun malakali xodim vizasi hamda maxsus loyiha mutaxassislari uchun vaqtinchalik viza toifalari amal qiladi.

Islohotning eng muhim qismi "oltin viza" tizimining joriy etilishidir. Ushbu hujjat egalari va ularning oila a'zolari Qozog'iston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo'lib, daromad, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.

"Oltin viza" olishni istagan chet el fuqarolari mahalliy kompaniyalar ustav kapitaliga yoki qimmatli qog'ozlarga kamida 300 ming $ miqdorida sarmoya kiritishi shart. Byurokratik jarayonlarni soddalashtirish maqsadida QazETA raqamli platformasi ishga tushirildi.

e-Residency moduli orqali dunyoning istalgan nuqtasidan masofaviy ariza topshirish imkoniyati yaratildi. Ushbu choralar Qozog'istonni mintaqaviy investitsiya va inson kapitali markaziga aylantirishga qaratilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish