AQSh vaqtinchalik viza olish tartibini yanada murakkablashtirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSh vaqtinchalik viza olish tartibini yanada murakkablashtirdiAQSh vaqtinchalik viza olish tartibini murakkablashtirdi

AQSh hukumati vaqtinchalik viza olish istagida bo'lgan shaxslar uchun yangi tekshiruv talablarini joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ariza topshiruvchilar konsullik suhbati davomida qo'shimcha savollarga aniq javob berishlari shart. "The Guardian" nashrining AQSh Davlat departamenti ichki hujjatlariga tayanib ma'lum qilishicha, mazkur o'zgarishlar butun dunyodagi elchixona va konsulliklar uchun majburiy etib belgilangan.

Yangi tartibga ko'ra, viza so'rayotgan shaxslar o'z mamlakatida zo'ravonlik yoki ta'qibga uchramaganini hamda vatanga qaytishdan xavfsiramayotganini tasdiqlashi lozim. Xususan, arizachilardan o'z yurtida shafqatsiz munosabatga duch kelgani yoki qaytgan taqdirda hayoti xavf ostida qolishi haqida so'raladi.

Agar fuqaro ushbu savollarga tasdiq javobini bersa yoki ularni javobsiz qoldirsa, viza berishni rad etish ehtimoli keskin ortadi. Davlat departamenti ushbu savollarni suhbat jarayonining ajralmas qismi sifatida belgilagan.

Mutaxassislar ushbu "filtr" orqali ariza beruvchilar taqdim etayotgan ma'lumotlar haqqoniyligini tekshirish va noto'g'ri axborot berish holatlarini kamaytirish ko'zda tutilganini ta'kidlamoqda. Kuzatuvchilarning fikricha, yangi talablar viza olish jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtirsa-da, bu AQSh migratsiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan choralarning bir qismidir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish