
Ruminiyada ayollarga nisbatan qilingan zo'ravonlikka qarshi kurashda muhim qadam qo'yildi. Davlat prezidenti Nikushor Dan femitsidga oid qonunni imzoladi, orqali bu jinoyat turi rasman tan olindi. Avvalroq bunday holatlar oddiy qotillik sifatida baholangan, endi esa gender zo'ravonligi shakli sifatida alohida ko'rib chiqiladi.
Yangi qonunga ko'ra, ayollarni qasddan o'ldirish uchun jazo 15 yildan 25 yilgacha qamoq yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish bilan belgilangan. Prezident bu muammoning jiddiyligini ta'kidlab, ayollarga nisbatan zo'ravonlikning jamiyatda keng tarqalganligini va uzoq vaqt davomida yetarli e'tibor qaratilmaganligini bildirdi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilning birinchi sakkiz oyida oilaviy zo'ravonlik oqibatida 33 ta qotillik sodir etilgan, ularning qariyb 69 foizi ayollarga nisbatan bo'lgan. Bu degani, har oyda o'rtacha uch nafar ayol oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lmoqda. Parlamentda ko'rib chiqilgan ushbu qonun loyihasini 270 dan ortiq deputat ma'qulladi.
Huquq himoyachilarining fikriga ko'ra, femitsidning qonunda alohida belgilanishi, huquq-tartib organlariga voqea sodir bo'lishidan oldin aralashish imkonini beradi. Shu tariqa, Ruminiya femitsidni qonun darajasida tan olgan Yevropa davlatlari safiga qo'shildi. Ushbu qonun ayollarga qarshi zo'ravonlikning qat'iy jazolanishini ta'minlaydi.