Rossiya Davlat Dumasi mamlakatda raqamli aktivlar muomalasini qatʼiy tartibga soluvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Qonunga koʻra, raqamli aktivlar bilan faqat maxsus litsenziyaga ega vositachilar shugʻullanishi mumkin boʻladi. Ushbu vositachilar qatoriga rasmiy birjalar, brokerlar, ishonchli vakillar va raqamli depozitariylar kiradi.
Rossiya banki litsenziya berish va bozor ishtirokchilarini nazorat qilish vakolatiga ega boʻladi. Kriptovalyutaga mulk sifatida qaraladi, lekin mamlakat ichida tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov vositasi sifatida ishlatish qatʼiyan taqiqlanadi.
Investorlar uchun ikkita toifaa joriy etiladi: malakali va malakasiz investorlar. Malakasiz investorlar aktiv sotib olishdan oldin maxsus testdan oʻtishlari shart boʻladi.
Markaziy bank qoʻllab-quvvatlasa, ularga 12 oylik cheklovlar ham qoʻllanilishi mumkin. Litsenziyasiz faoliyat yuritgan shaxslar uchun jiddiy jazolar belgilangan.
Buning ichiga 300 ming rublgacha jarima, 4 yilgacha majburiy mehnat yoki 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kiradi. Agar qonun toʻliq maʼqullansa, yangi tartiblar 2024 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0