Shahzoda o‘g‘li Salihning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
San’atkor bu quvonchli voqeani ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videolar va suratlar orqali muxlislari bilan bahamlashdi. Yozilgan postlar va fotolavhalar qisqa muddatda keng muhokama topdi.
To‘yga ko‘plab san’atkorlar ham munosabat bildirdilar. Xonanda Aziza Nizomova izohida vaqtning tez o‘tishini ta’kidlab, Salihning ulg‘aygani va oila qurganidan hayratlanganini yozdi.
U, shuningdek, oldingi xotiralarni eslab, Shahzodaning o‘zgarmas go‘zalligini ham alohida qayd etdi. Muxlislar to‘yga oid tasvirlarni iliq kutib olishdi va yangi oilaga samimiy tilaklar bildirishdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0