Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalarning yangi narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
22 apreldagi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gram oltinning sotuv narxi 7 800 so‘mga kamaydi. Quymalarning yangi bahosi quyidagicha belgilandi: 5 gram – 9 568 000 so‘m, 10 gram – 19 136 000 so‘m, 20 gram – 38 272 000 so‘m, 50 gram – 95 680 000 so‘m, 100 gram – 191 359 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni mamlakatdagi barcha banklarning ofislaridan sotib olish mumkin. Biroq, so‘nggi paytlarda oltin narxining keskin oshishi bilan bog‘liq holda, unga bo‘lgan talab sezilarli darajada o‘sgan.
Shu sababli, bank ofislariga borishdan oldin, kerakli quymalarning mavjudligini aloqador bank filialidan oldindan tekshirib olish tavsiya etiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.




Izohlar
0