
O'zbekiston Markaziy banki 27 aprel kuniga o'lchovli oltin quymalarining yangi narxlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, oltin narxi bir grammiga 200 so'mga qimmatlashdi. Ushbu o'zgarish oltin quymalarining yangi narxlariga aks etdi.
Joriy narxlar quyidagicha belgilangan: 5 grammlik oltin quymasi 9 465 000 so'm, 10 grammlik – 18 748 000 so'm, 20 grammlik – 37 496 000 so'm, 50 grammlik – 93 741 000 so'm, 100 grammlik esa 187 482 000 so'mga teng. O'lchovli oltin quymalarini mamlakatimizdagi barcha bank filallaridan sotib olish imkoni mavjud.
Oltin narxining tezkor sur'atlarda oshishi tufayli, so'nggi vaqtda oltin quymalariga talab ortib bormoqda. Xorijiy OAV xabar berishicha, ayrim banklarning oltin quymalari zaxirasi kamayib borayotganligi mumkin. Shuning uchun, bankka borishdan oldin oltin quymalarining mavjudligini telefon orqali aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.