Farg'onada 416 mln so'mlik energiya resurslari o'g'irlandi

0
Farg'onada 416 mln so'mlik energiya resurslari o'g'irlandiFarg'onada energiya resurslarini o'g'irlagan tadbirkorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo'zg'atildi Farg'ona viloyatining bir necha tumanlarida energiya resurslaridan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida davlat manfaatlariga yuzlab million so'm miqdorida zarar yetkazilgani ma'lum bo'ldi. Rishton tumanida faoliyat yurituvchi «Z.K.» oilaviy korxonasi rahbari G'.G'.

umumiy ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab olgan. Mazkur noqonuniy harakat oqibatida 164,1 mln so'mlik tabiiy gaz o'g'irlangan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxsning muqaddam sudlangani ham aniqlangan. Shu kabi holat Bag'dod tumanida ham qayd etildi.

Yakka tartibdagi tadbirkor «A.D.» o'ziga tegishli noturar binoni elektr tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri ulab, 134,7 mln so'mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalangan. Farg'ona tumanida o'tkazilgan tadbirda esa «Q.S.» mas'uliyati cheklangan jamiyati vakillari «Nurafshon» mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi do'konda elektr tarmog'iga yashirincha ulanib, 118 mln so'mlik energiyani o'zlashtirgani fosh etildi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya'ni o'g'rilik alomatlari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish davlat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi barobarida qat'iy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari