Angrendagi mudhish YTH oqibatida ikki kishi halok bo'ldi

0
Angrendagi mudhish YTH oqibatida ikki kishi halok bo'ldiAngren shahrida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo'lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo'ldi Toshkent viloyatining Angren shahri hududida ikki insonning o'limiga sabab bo'lgan og'ir yo'l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Toshkent viloyati IIBB ma'lumotlariga ko'ra, ko'ngilsiz voqea 26 aprel kuni A-373 avtomobil yo'lining 93-kilometrida qayd etilgan. Dastlabki surishtiruv natijalariga ko'ra, 1995 yilda tug'ilgan haydovchi boshqaruvidagi NOWO rusumli yuk avtomobili harakat davomida nazoratni yo'qotgan.

Shundan so'ng yuk mashinasi o'z yo'nalishida bo'lgan yana to'rtta transport vositasi bilan to'qnashgan. To'qnashuv oqibatida "Cobalt" avtomashinasida bo'lgan 1975 yilda tug'ilgan haydovchi I.X.

hamda 1986 yilda tug'ilgan yo'lovchi Z.T. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Shuningdek, hodisa oqibatida boshqa transport vositalarida bo'lgan yana 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirildi. Hozirda jabrlanuvchilarga zarur tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Yuk avtomobili haydovchisi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari