Navoiyda maktab o'quvchisi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo'ldi

0
Navoiyda maktab o'quvchisi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo'ldiNavoiyda maktab o'quvchisi boshqargan avtomobil halokatga uchradi Navoiy viloyatining Karmana tumanida o'quvchilar ishtirokida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra, voqea 22-aprel kuni soat 21:00 atrofida Malik mahallasi hududida yuz bergan. Aniqlanishicha, "Cobalt" rusumli avtomobilni voyaga yetmagan maktab o'quvchisi boshqargan.

Transport vositasi salonida 22-umumta'lim maktabining ikki nafar o'quvchisi bo'lgan. Harakat davomida haydovchi boshqaruvni yo'qotishi oqibatida avtomobil yo'ldan chiqib ketgan.

To'qnashuv natijasida 9-sinf o'quvchisi olgan og'ir jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi. Mashinada bo'lgan 11-sinf o'quvchisi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislar voyaga yetmagan shaxslarga transport vositasini ishonib topshirish fojiali oqibatlarga sabab bo'lishi haqida ogohlantirmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari