Karmanada o'quvchilar ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo'ldi

0
Karmanada o'quvchilar ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo'ldiNavoiy viloyatida maktab o'quvchilari ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo'ldi Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o'quvchilari ishtirokida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati bergan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, fojia 22 aprel kuni soat 21:00 atrofida Malik mahallasi hududida yuz bergan. Hazora qishlog'idagi 22-umumta'lim maktabining ikki nafar o'quvchisi bo'lgan Cobalt rusumli avtomobil harakat davomida boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa natijasida 9-sinf o'quvchisi I.H. olgan og'ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Mashinada bo'lgan 11-sinf o'quvchisi esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning salomatligi shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas'ullari ishtirokida maktabda yuqori sinf o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi. Muhokama yig'ilishida yo'l harakati qoidalariga rioya qilish hamda transport vositalarini boshqarishda mas'uliyatni his etish masalalari ko'rib chiqildi.

Aniqlanishicha, avtomobil jabrlangan o'quvchining otasiga tegishli bo'lgan. Transport vositasi egasi rulni boshqa shaxsga berganini da'vo qilmoqda.

Voqea sodir bo'lgan vaqtda mashinani aynan kim boshqarganini aniqlash maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlanishi kutilmoqda. Mazkur voqea voyaga yetmaganlarning rul boshqaruviga o'tirishi o'ta xavfli ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari