Shri-Lankada 112 kg narkotik bilan 22 nafar rohib ushlandi

0
Shri-Lankada 112 kg narkotik bilan 22 nafar rohib ushlandiShri-Lankada 112 kg narkotik modda bilan 22 nafar rohib ushlandi Shri-Lankada yirik miqdordagi narkotik moddalarni olib kirishga urinish bilan bog'liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Daily Mirror nashri bergan ma'lumotga ko'ra, huquq-tartibot organlari Tailanddan uchib kelgan 22 nafar buddist rohibni qo'lga olgan. Hodisa Kolombo shahri yaqinidagi Bandaranaike xalqaro aeroportida qayd etildi.

Aeroport xizmatchilari yo'lovchilarning yuklarini ko'zdan kechirish davomida jami 112 kg og'irlikdagi kannabis va gashish moddalarini aniqlagan. Ushbu noqonuniy yukning bozor qiymati 1,1 mlrd Shri-Lanka rupiyasini yoki taxminan 3,45 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur holat aeroport tarixidagi eng yirik musodaralardan biri sifatida baholanmoqda. Tergov xulosasiga ko'ra, jinoiy guruhga mamlakat g'arbidagi ibodatxonalardan birida faoliyat yurituvchi uch nafar rohib rahbarlik qilgan.

Guruhning qolgan 19 nafar a'zosi Facebook tarmog'i orqali jalb etilgan. Yosh rohiblarga bepul aviachipta va oziq-ovqat va'da qilinib, yuklar ichida maktab anjomlari hamda shirinliklar borligi aytilgan.

Qo'lga olingan shaxslar 26-aprel kuni Negombo sudiga keltirildi. Shuningdek, Gampaha hududida guruhning asosiy tashkilotchisi ekani gumon qilingan yana bir shaxs hibsga olindi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu tarmoq avval ham shunday harakatlarni amalga oshirgan va navbatdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lgan. Hozirda holat yuzasidan keng ko'lamli surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari