Polshada kontrabanda tashiyotgan uchta havo shari qulab tushdi
Polshaning janubiy qismidagi Ivkova aholi punkti yaqinida g'ayrioddiy hodisa qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Hududga uchta havo shari qulab tushgan bo'lib, ularning ichidan ko'p miqdordagi kontrabanda tamaki mahsulotlari topildi. Bu haqda "Kommersant" nashri xabar berdi.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari hududni nazoratga olib, barcha ashyoviy dalillarni musodara qildi. Hozirda ushbu havo qurilmalari qayerdan uchirilgani, ularni kimlar boshqargani va yukning yakuniy manzili o'rganilmoqda.
Mutasaddilarning ta'kidlashicha, chegaraga yaqin hududlarda nazoratni chetlab o'tish uchun havo sharlaridan foydalanish holatlari ko'paymoqda. Ma'lumot uchun, 2024 yil aprel oyi oxirida Polsha huquq-tartibot organlari yirik kontrabanda tarmog'ini fosh etgan edi.
O'shanda 160 dan ortiq havo shari yordamida millionlab dona sigaretlar mamlakatga noqonuniy olib kirilgani aniqlangan. Rasmiy hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur noqonuniy faoliyat davlat byudjetiga taxminan 1,4 mln yevro miqdorida zarar yetkazgan.
Ushbu jinoiy guruhga Belarus fuqarosi rahbarlik qilgani ma'lum bo'ldi. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0