Heroes of Might and Magic: Olden Era bir sutka ichida xarajatlarini qopladi
Rossiyaning Unfrozen studiyasi tomonidan taqdim etilgan "Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini erta kirish bosqichiga chiqqanidan so'ng, bir sutka o'tmay o'z ishlab chiqarish byudjetini qoplashga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining yozishicha, dastlabki 24 soat ichida mazkur loyihaning 250 mingdan ortiq nusxasi sotilgan. Ushbu muvaffaqiyatli ko'rsatkich o'yinga Steam platformasidagi eng ko'p sotilayotgan mahsulotlar reytingida peshqadamlikni ta'minladi.
Hozirgi vaqtda "Olden Era" dunyo bo'ylab 50 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan faol o'ynalmoqda. O'yinchilar loyiha haqida 3 mingdan ziyod sharh qoldirgan bo'lib, ularning 90 foizidan ko'prog'i ijobiy mazmunga ega.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, ushbu loyiha afsonaviy o'yinlar seriyasining 2015-yildan buyon e'lon qilingan ilk qismi hisoblanadi. Mutaxassislar o'yinning bunday tez sur'atlar bilan ommalashishini uzoq kutilgan qaytish va sifatli ijro bilan bog'lamoqda.
Loyihaning moliyaviy muvaffaqiyati studiya uchun kelgusi yangilanishlar va kengaytmalarni ishlab chiqishda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0