"Heroes of Might and Magic: Olden Era" o'yini sotuvga chiqqanidan so'ng 500 ming nusxada xarid qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Unfrozen" studiyasi tomonidan yaratilgan ushbu loyiha dastlabki uch kun ichida yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, o'yin e'lon qilingan birinchi 24 soat davomida 250 ming nusxa sotilgani ma'lum bo'ldi.
Mazkur ko'rsatkich loyihani ishlab chiqish uchun sarflangan barcha xarajatlarni to'liq qoplash imkonini berdi. Hozirgi vaqtda Steam platformasida foydalanuvchilar tomonidan 7 100 dan ortiq sharh qoldirilgan bo'lib, o'yinning reytingi "juda ijobiy" darajada saqlanib turibdi.
Shuningdek, loyihaga bo'lgan qiziqish ortib, bir vaqtning o'zida o'ynayotgan foydalanuvchilar soni 61 ming kishiga yetdi. Ayni paytda xaridorlar uchun 25 % miqdorida chegirma taqdim etilmoqda va o'yin Game Pass xizmati tarkibiga kiritilgan.
Studiya vakillari ko'rsatilgan qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirib, loyihani texnik jihatdan takomillashtirishda davom etishlarini ma'lum qildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0