
Fransiya chempionatining 32-turi doirasida «Strasburg» o‘z maydonida «Tuluza» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Qiziqarli kechgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ismael Dukure yetkazib bergan to‘pni Samuel Amo-Ameyo darvozaga aniq yo‘lladi. Biroq birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar muvozanatni tiklashdi.
43-daqiqada Kristian Kasseresning uzatmasidan so‘ng Deyann Metal hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan o‘yin ko‘rsatdi.
O‘yin yakuniga qadar davom etgan kurashda «Tuluza» irodasini namoyish etdi. 84-daqiqada Kasseres yana bir bor assistentlik vazifasini bajardi, uning uzatmasini Emersonn golga aylantirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Tuluza» o‘z ochkolari sonini 41 taga yetkazib, Fransiya chempionati turnir jadvalida o‘ninchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Strasburg» esa 46 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada bormoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0