"Monako" safarda "Mets" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

"Monako" safarda "Mets" ustidan irodali g'alabaga erishdi
Fransiya chempionatining 32-turi doirasida "Monako" safarda "Mets" jamoasi mehmoni bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning birinchi bo'limida darvozalarga to'p kiritilmadi.

Ikkinchi bo'lim debyutida, aniqrog'i 49-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda, mezbonlar yarim himoyachisi Jese Deminge hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Unga bu vaziyatda Gotye En assistentlik qildi.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng hujumkorlikni oshirgan monakoliklar 61-daqiqada muvozanatni tiklashdi. Magnes Akliushning uzatmasidan so'ng Folarin Balogun raqib darvozasini ishg'ol qildi.

O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Ansu Fati "Monako"ga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi. Rossiyalik legioner Aleksandr Golovin ushbu bahsda 74 daqiqa davomida harakat qildi, biroq samarali natija qayd eta olmadi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, "Monako" o'z ochkolari sonini 54 taga yetkazib, turnir jadvalida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 16 ochko bilan 18-pog'onada qolayotgan "Mets" esa rasman Liga 1 bilan xayrlashdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish