DeepSeek yangi sun'iy intellekt modeli uchun 75 foizli chegirma e'lon qildi

0
DeepSeek yangi sun'iy intellekt modeli uchun 75 foizli chegirma e'lon qildiDeepSeek yangi sun'iy intellekt modellari uchun narxlarni pasaytirdi Xitoyning DeepSeek kompaniyasi o'zining yaqinda namoyish etilgan DeepSeek-V4-Pro sun'iy intellekt modeli uchun ishlab chiquvchilarga 75 % miqdorida chegirma e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur aksiya 5-mayga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.

Kompaniya, shuningdek, barcha API modellari uchun kirish ma'lumotlarini keshlashtirish qiymatini 10 baravarga arzonlashtirdi. O'tgan juma kuni taqdim qilingan V4 modeli Huawei tizimlariga moslashtirilgan bo'lib, bozorga uning kuchli Pro va yengil Flash versiyalari chiqarildi.

O'tkazilgan test sinovlari natijasiga ko'ra, Pro talqini ochiq kodli modellar orasida yuqori ko'rsatkich qayd etgan va faqat Google Gemini-Pro-3.1 modelidan ortda qolgan. Startap vakillarining ta'kidlashicha, yangi ishlanmalar murakkab vazifalarni bajaruvchi sun'iy intellekt agentlari bilan ishlash uchun qulay hisoblanadi.

Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti Xitoy kompaniyalari, jumladan, DeepSeek tomonidan Amerika laboratoriyalaridan intellektual mulkni o'g'irlashga urinishlar bo'layotgani haqida ogohlantirish berdi. Shunga qaramay, kompaniya o'z mahsulotlarini xalqaro bozorda faol ilgari surishda davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari