«Man Siti» yarim himoyachisi Reynders Italiya klublari qiziqishiga sabab bo'ldi

0
«Man Siti» yarim himoyachisi Reynders Italiya klublari qiziqishiga sabab bo'ldi
«Man Siti» yarim himoyachisi Tijjani Reynders joriy mavsum yakunlangach, jamoasini tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi endilikda klub uchun daxlsiz o'yinchi hisoblanmaydi va rahbariyat uni transferga qo'yishga tayyor. Niderlandiyalik futbolchiga Italiya chempionatining bir qator yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda.

Xususan, «Milan», «Napoli» va «Yuventus» kabi jamoalar yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan. Reyndersning A Seriya klublaridan biriga ijara asosida o'tishi ham ehtimoldan xoli emas.

Ma'lumot uchun, «Man Siti» Reyndersni 2025-yilning yozida 55 mln yevro evaziga sotib olgan edi. O'tgan davr mobaynida u «shaharliklar» safida barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mazkur o'yinlarda niderlandiyalik futbolchi 7 ta gol urishga va 8 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Hozirda klub va futbolchi o'rtasidagi hamkorlik yakuniga yetishi borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari