Steam platformasida GeForce RTX 3060 yetakchilikni saqlab qolmoqda
Valve kompaniyasi Steam platformasi foydalanuvchilari o'rtasida o'tkazilgan navbatdagi so'rovnoma natijalarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining xabar berishicha, GeForce RTX 3060 modeli geymerlar orasida eng ko'p tarqalgan videokarta maqomini o'zida saqlab turibdi. Mazkur qurilma barcha foydalanuvchilarning 4,35 % qismida o'rnatilgani aniqlandi.
Reytingning yuqori uchligidan RTX 4060 hamda ushbu kartaning noutbuklar uchun mo'ljallangan talqini joy oldi. Yuqori narxli segmentga mansub RTX 5070 modeli 3,11 % ulush bilan beshinchi pog'onaga ko'tarildi.
Bir oy davomida o'z ko'rsatkichini 0,3 % ga yaxshilagan RTX 5060 videokartasi yettinchi o'rindan joy oldi va o'sish sur'ati bo'yicha oyning eng yaxshi natijasini qayd etdi. Shu bilan birga, Radeon RX 9070 XT modeli atigi 0,02 % lik o'sish bilan ro'yxatning quyi qismida qolmoqda.
Videoxotira hajmi bo'yicha tahlillar shuni ko'rsatadiki, geymerlarning 26,76 % qismi 8 GB xotiraga ega qurilmalarni afzal ko'radi. Foydalanuvchilarning 23,51 % qismida 16 GB, 13,45 % qismida esa 12 GB xotirali modellar mavjud.
Umumiy statistikaga ko'ra, o'yinchilarning teng yarmi hamon 8 GB va undan kam hajmli videokartalardan foydalanmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0