Di Napoli: «Milan» Leau bilan xayrlashishi kerak

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Di Napoli: «Milan» Leau bilan xayrlashishi kerak
Arturo di Napoli: «Leau — A seriyaning eng haddan tashqari baholangan futbolchisi»

Italiyalik sobiq futbolchi Arturo di Napoli «Milan» hujumchisi Rafael Leau haqida keskin fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi Italiya chempionatidagi eng ko'p shishirilgan va imkoniyatlaridan past darajada o'yin ko'rsatayotgan o'yinchidir. Di Napoli Rafael Leauning hali ham o'z potensialini to'liq yuzaga chiqara olmaganini va top-darajadagi ijrochi emasligini ta'kidladi.

Sobiq futbolchining fikricha, hujumchi uchun yangi muhit va o'zgacha turtki kerak bo'lishi mumkin. Shu sababli, u «Milan» klubi uchun futbolchi bilan xayrlashish vaqti kelganini ma'lum qildi.

«O'ylaymanki, ko'pchilik bu fikrga qo'shiladi — Leau haddan tashqari yuqori baholangan. U top-darajadagi o'yinchi emas.

Balki unga yangi stimullar topish uchun boshqa muhit kerakdir. U o'z salohiyatini oxirigacha namoyon qila olmadi.

Menimcha, klub uchun Leau borasida o'zgarishlar qilish vaqti yetib keldi», — deya di Napolining so'zlarini keltirdi pianetamilan.it nashri. Ma'lumot uchun, Rafael Leau 2019-yildan buyon «Milan» safida to'p surib kelmoqda.

Ungacha esa futbolchi Portugaliya va Fransiya chempionatlarida faoliyat olib borgan. Hozirda hujumchining jamoasi va o'zi atrofida turli tanqidiy fikrlar ko'payib bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish