Kaliforniya politsiyasi haydovchisiz avtomobillarni jarimaga tortish huquqini qo'lga kiritdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Kaliforniya politsiyasi haydovchisiz avtomobillarni jarimaga tortish huquqini qo'lga kiritdiKaliforniyada haydovchisiz transport vositalari uchun jarimalar joriy etildi

AQShning Kaliforniya shtatida uchuvchisiz boshqariladigan avtomobillarni yo'l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortishga rasman ruxsat berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shtat transport vositalari departamenti umumiy foydalanishdagi yo'llarda harakatlanuvchi avtonom mashinalar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarga tegishli o'zgartirishlar kiritdi. Yangi tartibga ko'ra, avtonom transport vositalarini yo'llarga chiqarish bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar favqulodda xizmatlarning murojaatlariga 30 soniya ichida munosabat bildirishi shart deb belgilandi.

Shu bilan birga, politsiya xodimlariga qoidabuzarlik sodir etgan mashinalar uchun bevosita ularga egalik qiluvchi operator-kompaniyalarga nisbatan jarima qo'llash vakolati berildi. Amaldagi qonunchilikda ilgari bunday jazo choralarini qo'llash imkoniyati mavjud emas edi.

Bundan tashqari, soha xodimlariga nisbatan qo'yiladigan talablar ham qat'iylashtirildi. Endilikda operator kompaniya mutaxassislari avtonom transport vositalarini boshqarish va nazorat qilish huquqini beruvchi maxsus litsenziya hamda ruxsatnomalarni olishlari majburiy etib tayinlandi.

Mazkur choralar yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va texnologik xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning mas'uliyatini oshirishga qaratilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish