Xiaomi 2026 yilda Smart Band 10 Pro bilaguzugini taqdim etadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xiaomi 2026 yilda Smart Band 10 Pro bilaguzugini taqdim etadiXiaomi 2026 yil may oyida Smart Band 10 Pro fitnes-bilaguzugini taqdim etadi

Xiaomi kompaniyasi 2026 yil may oyida o'zining navbatdagi fitnes-bilaguzugi — Smart Band 10 Pro modelini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur qurilma ranglar gammasining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Xususan, xaridorlarga qora, oq, kumushrang, to'q sariq va pushti rangli korpuslar taklif etiladi.

Shuningdek, kompaniya ushbu turkumda ilk bor oq rangli keramika versiyasini ham sotuvga chiqarishni maqsad qilgan. Insayderlar yangi modelning yig'ish sifati avvalgi avlodlarga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo'lishini ta'kidlamoqda.

Qurilmaning vazni ham o'zgaradi: standart versiya 40 grammdan kamroq tosh bossa, keramika modifikatsiyasining og'irligi 50 grammdan oshadi. Ma'lumot uchun, 2024 yil oktyabr oyida taqdim etilgan Band 9 Pro modeli ancha yengil bo'lib, uning vazni 24,5 grammni tashkil etgan edi.

Keramika korpusli qurilmaning ishlab chiqarilishi Xiaomi brendining Smart Band tarmog'ini nufuzli gadjetlar segmentiga olib chiqish strategiyasi bilan izohlanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish