Xiaomi BMW mutaxassislari bilan yangi poyga elektromobilini yaratdi

0
Xiaomi BMW mutaxassislari bilan yangi poyga elektromobilini yaratdiXiaomi poyga avtomobili: YU7 GT modeli 2026 yil may oyida sotuvga chiqadi Xiaomi kompaniyasi asoschisi Ley Szin 2026 yil may oyi oxirida bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan Xiaomi YU7 GT poyga avtomobilining dastlabki suratlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur elektromobil kompaniyaning Germaniyadagi Myunxen shahrida joylashgan Yevropa ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan ilk loyiha hisoblanadi. Yangi modelni yaratish jarayoniga xalqaro miqyosdagi mutaxassislar va tajribali dizaynerlar jalb etildi.

Loyihaga muqaddam BMW M4 GT3 poyga mashinasini ishlab chiqishda qatnashgan Rudolf Dittrix rahbarlik qilmoqda. Avtomobilning dinamik imkoniyatlarini shakllantirish uchun esa BMW kompaniyasining yana bir sobiq vakili Klaus-Diter Groll mas'ul etib belgilandi.

Groll faoliyati davomida nemis brendining 3 va 4-seriyalari, shuningdek, X5, X6 hamda X7 kabi taniqli modellari ustida ishlagan. Ley Szinning so'zlariga ko'ra, Xiaomi YU7 GT nemis muhandislik an'analari asosida sozlangan bo'lib, haydovchilar uchun eng sifatli Yevropa avtomobillari darajasidagi ishonchni ta'minlaydi.

Ma'lumot o'rnida, Xiaomi korporatsiyasi avtomobilsozlik tarmog'ida faoliyat boshlaganiga besh yil to'ldi. So'nggi ikki yil ichida kompaniya SU7 va YU7 modellaridan jami 650 000 donadan ortiq miqdorda xaridorlarga yetkazib berdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari