
Marko Simone: «Modrich yana ikki-uch yil maydonda to'p surishi mumkin» «Milan» klubining sobiq hujumchisi Marko Simone xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichning hozirgi jismoniy holati va o'yin darajasiga yuqori baho berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Simone Modrichning «Milan» safiga o'tgandan keyingi harakatlaridan hayratda ekanini yashirmadi va tajribali futbolchi faoliyatini hali uzoq davom ettira olishini ta'kidladi. «Modrich «Milan» futbolchilari uchun texnik mayoq vazifasini o'tamoqda.
U jamoadoshlariga haqiqiy yetakchi qanday bo'lishi kerakligini amalda ko'rsatib beryapti. Italiya A seriyasining shoshqaloqlikdan xoli sur'atlarini hisobga olsak, Luka yana kamida 2-3 yil davomida yuqori saviyada to'p surishga qodir», — deya Simonening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, biroz avvalroq Luka Modrich jarohat sababli joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi. Ayni damda «Milan» jamoasi Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Modrichning tajribasi jamoaning kelgusi rejalari uchun muhim ahamiyatga ega ekani mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda.