Luka Modrich muvaffaqiyatli operatsiya qilingani e'lon qilindi

0
Luka Modrich muvaffaqiyatli operatsiya qilingani e'lon qilindi
Italiyaning «Milan» klubi o'z rasmiy saytida jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichning sog'lig'i borasida bayonot berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Xorvatiyalik 40 yoshli futbolchi dushanba kuni Milan shahridagi klinikalardan birida operatsiya qilindi. Ma'lum qilinishicha, futbolchining chap yanoq suyagi ko'p parchalangan holda singani sababli jarrohlik aralashuvi talab etilgan.

«Klub Modrichga Jahon chempionati oldidan tezroq sog'ayib ketishini tilaydi», — deyiladi «Milan» jamoasi tarqatgan rasmiy xabarda. Avvalroq Luka Modrich ushbu klub mavsumining qolgan qismida «Milan» safida boshqa maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shunga qaramay, tajribali yarim himoyachining Jahon chempionati startiga qadar safga qaytishi va turnirda ishtirok etishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, ayni paytda «Milan» Italiya A seriyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Futbolchining jarohati jamoaning chempionlik poygasidagi imkoniyatlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin, biroq tibbiy shtab tiklanish jarayoni reja asosida ketishiga umid qilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari