
Italiyaning «Yuventus» klubi sardori Manuel Lokatelli «Milan»ga qarshi kechgan bahsda Luka Modrich bilan sodir bo'lgan to'qnashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mazkur uchrashuvning so'nggi daqiqalarida har ikki yarim himoyachi havoda to'p uchun kurashayotgan vaqtda o'zaro to'qnashib ketgan. Ushbu noxush vaziyat natijasida xorvatiyalik tajribali futbolchi Modrich jiddiyroq jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Lokatelli o'yindan keyingi intervyusida raqibidan uzr so'raganini ma'lum qildi. «Bunday vaziyatda har qanday futbolchi uchun afsuslanasiz.
Ayniqsa, Modrichdek buyuk o'yinchi maydonni bunday holatda tark etishi kishini yanada xafa qiladi. Men undan uzr so'radim.
U menga boshing qattiq ekan, dedi, men esa uning ham boshi mustahkamligini aytdim. Umid qilamanki, u tez orada sog'ayib safga qaytadi.
Yakunda bu shunchaki kuchli zarba bo'lib chiqishiga ishonaman», — deya ta'kidladi Lokatelli. Eslatib o'tamiz, «Milan» va «Yuventus» jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdilar.