«Borussiya Dortmund» o'z maydonida «Frayburg»ni yirik hisobda mag'lub etdi

0
«Borussiya Dortmund» o'z maydonida «Frayburg»ni yirik hisobda mag'lub etdi
«Borussiya Dortmund» o'z maydonida «Frayburg» ustidan yirik g'alabaga erishdi Germaniya Bundesligasining 31-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubi o'z maydonida «Frayburg» jamoasini qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

«Signal Iduna Park» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. Dortmundliklar uchrashuvni yuqori tempda boshladi va 8-daqiqadayoq hisobni ochdi.

Rami Bensebaini tomonidan yetkazib berilgan to'pni Maksimilian Bayer darvozaga aniq yo'lladi. Oradan ko'p o'tmay, 14-daqiqada Yulian Brandtning uzatmasidan so'ng Seru Girassi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Mezbonlar hujumkorlikni pasaytirmasdan, 32-daqiqada uchinchi golni ham urishga muvaffaq bo'ldi — bu safar Rami Bensebaini o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida, 87-daqiqada Fabio Silva yakuniy nuqtani qo'ydi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Borussiya Dortmund» ochkolari sonini 67 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni mustahkamladi. «Frayburg» esa 43 ochko bilan sakkizinchi pog'onada qoldi.

Germaniya chempionati yakunlanishiga kam qolgan bir paytda, dortmundliklar kuchli uchlikdagi o'rnini saqlab qolish uchun muhim qadam tashladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari