Marko Simone: «Rafael Leau abadiy Piter Pen bo'lib qolmoqda»

2
Marko Simone: «Rafael Leau abadiy Piter Pen bo'lib qolmoqda»
«Milan» klubining sobiq hujumchisi Marko Simone jamoaning hozirgi a'zosi Rafael Leau haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Faxriy futbolchi portugaliyalik hujumchini «Piter Pen»ga qiyoslab, uning professional darajada hali ham yetilmaganini ta'kidladi. Simonening fikricha, Leauning markaziy hujumchi ampluasida to'p surishi uning iqtidorini cheklab qo'ymoqda.

Sobiq futbolchi Rafael Leau bu rolda o'zining bor imkoniyatlarini namoyish eta olmayotganini va bu uning jamoaga keltirishi mumkin bo'lgan foydasini kamaytirayotganini qayd etdi. «U yuqori darajadagi o'yinchi bo'lishi mumkin, biroq mening nazarimda u «abadiy Piter Pen» bo'lib qolmoqda», — deya Simonening so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Ma'lumot uchun, Rafael Leau 2019-yildan buyon Italiyaning «Milan» jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha esa futbolchi Fransiyaning «Lill» hamda Portugaliyaning «Sporting» klublarida faoliyat yuritgan.

Hujumchining o'yini borasida mutaxassislar va muxlislar o'rtasida uning barqarorligi va maydondagi pozitsiyasi bo'yicha bahslar davom etmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari