AQShda 1,8 tonna tortish kuchiga ega raketa dvigateli sinovdan o'tkazildi

0
AQShda 1,8 tonna tortish kuchiga ega raketa dvigateli sinovdan o'tkazildiAstrobotic kompaniyasi "Chakram" raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi Astrobotic kompaniyasi AQShning Alabama shtatida joylashgan NASA Marshall kosmik markazida "Chakram" rusumli rotatsion-detonatsion raketa dvigateli (RDRE) sinovlarini yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur tadqiqotlar doirasida qurilmaning ikki xil prototipi sakkiz marotaba olovli sinovdan o'tkazildi. Dvigatellarning umumiy ish vaqti 470 soniyadan oshdi.

O'tkazilgan tajribalar davomida dvigatelning 300 soniya davomida to'xtovsiz ishlagani eng muhim natija sifatida qayd etildi. Kompaniya muhandislarining ta'kidlashicha, ushbu ko'rsatkich rotatsion-detonatsion texnologiyalar sohasida yangi jahon rekordi hisoblanishi mumkin.

Sinov jarayonida har bir apparat 1,8 tonnadan ortiq yoki taxminan 18 kN tortish kuchini namoyish etdi. Yangi turdagi ushbu qurilmalar an'anaviy suyuqlik bilan ishlaydigan dvigatellardan o'zining ishlash prinsipi bilan farq qiladi.

Tizim halqasimon kamerada harakatlanuvchi tovushdan tez detonatsiya to'lqinlaridan foydalanadi, bu esa yoqilg'i sarfi samaradorligini keskin oshirishga xizmat qiladi. Astrobotic kelajakda "Chakram" dvigatellarini "Griffin" oy modullari, "Xodiac" va "Xogdor" ko'p marta ishlatiladigan raketalari hamda orbital transport vositalariga o'rnatishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar ushbu muvaffaqiyatli natijalar loyihaning keyingi rivoji uchun asosiy poydevor bo'lishini ma'lum qildi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari