
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Massimo Orlando, jamoa Rafael Leau bilan xayrlashishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Futbolchi Italiyada yetti yil davomida to'p surayotgan bo'lsada, hali ham futbol jihatdan yetuklikka erishgani yo'q. "Allegri "Milan"ni Chempionlar ligasiga qaytarish missiyasini bajaryapti, ammo yuqoriga sakrash uchun Leau bilan xayrlashish zarur.
U birga-bir vaziyatlarda raqibni yengish qobiliyatidan mahrum bo'lgan. Haqiqiy markaziy hujumchi sotib olish kerak", — deya Orlando so'zlarini pianetamilan.it sayti keltiradi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Italiya chempionatining navbatdagi turida klub Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0