
«Fenerbahche» yozda «Bavariya» himoyachisi Kim Min Jeni sotib olmoqchi
Turkiyaning «Fenerbahche» klubi yozgi transfer mavsumida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Istanbulliklar myunxenlik «Bavariya» va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Jening transferiga qiziqish bildirgan, deb xabar beradi Fanatik nashri. «Bavariya»da Kim Min Jening o'yin vaqti Uapamekano va Ta bilan raqobatda kamaygan bo'lsa-da, Bundesligada oltin uchun kurashning susayishi va Chempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinlari yaqinlashishi bilan u so'nggi paytda ko'proq maydonga tushmoqda.
Mazkur futbolchi bo'yicha dastlabki muzokaralar qishda boshlangan, biroq o'shanda «Bavariya» o'yinchidan voz kechishni istamagan edi. Yangi markaziy himoyachi izlayotgan myunxenliklar yozda 29 yoshli Kimni sotishga qarshi emas.
Futbolchining agenti allaqachon Istanbulga kelib, muzokaralar olib bormoqda. Kim Min Jening o'zi «Napoli»ga o'tishdan oldin 2021-2022 yilgi mavsumda «Fenerbahche» safida to'p surgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0