Telegram platformasi qoidabuzarliklar sababli 105,5 mingdan ortiq kanal va guruhni o'chirib tashladi
Telegram messenjeri 27 aprel kuni platforma ichki tartib-qoidalarini buzgan 105,5 mingdan ziyod kanal va guruhlar faoliyatiga chek qo'ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Servisning rasmiy statistik ma'lumotlariga tayanib Ixbt.com nashri xabar berishicha, ushbu chora-tadbirlar moderatorlik siyosati kuchayganini ko'rsatadi. 2024 yil boshidan buyon bloklangan resurslarning umumiy miqdori 13,7 mln birlikdan oshib ketdi.
Xususan, faqat o'tgan haftaning o'zida 635 mingga yaqin hamjamiyat cheklovga uchradi. Rossiya hududida messenjerdan foydalanish dinamikasida pasayish kuzatilmoqda.
Mobil trafik ko'rsatkichlari fevral oyida 10 % ga, mart oyida esa 18 % ga kamaygan. Ushbu sharoitda mahalliy biznes vakillari o'z muloqotlarini korporativ messenjerlarga ko'chirishni boshladi.
Pavel Durov platformaning maxfiylik tamoyillari haqida to'xtalib, foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini hukumatga taqdim etishdan ko'ra, Fransiyadagi faoliyatni to'xtatishni afzal ko'rishini bildirdi. Durovning ta'kidlashicha, davlatning ma'lumotlar sohasidagi vakolatlari kengayishi kelgusida tizimli suiiste'molchilik xavfini yuzaga keltirishi mumkin.