Telegram shaxsiy yozishmalar himoyasi sababli Fransiya bozoridan chiqishi mumkin

0
Telegram shaxsiy yozishmalar himoyasi sababli Fransiya bozoridan chiqishi mumkinDurov Fransiya hukumati talablariga javoban Telegram ushbu mamlakat bozoridan chiqib ketishini e'lon qildi Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya hukumati foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish huquqini talab qilishda davom etsa, servis ushbu mamlakat bozorini butunlay tark etishini ma'lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadbirkorning ta'kidlashicha, davlat vakolatlarining ma'lumotlar sohasida kengayishi axborot sizib chiqishi va suiiste'molchilik xavfini sezilarli darajada oshiradi. Durov o'z nuqtayi nazarini asoslash uchun politsiya statistikasidan iqtibos keltirdi.

Ma'lum qilinishicha, 2026 yil boshidan buyon Fransiyada kriptovalyuta egalarini o'g'irlash bilan bog'liq 41 ta holat qayd etilgan. Shuningdek, u Il-de-Frans hududi soliq xizmati xodimasi yopiq bazalardagi ma'lumotlarni sotishda gumonlanayotganini misol tariqasida keltirib o'tdi.

Durovning fikricha, davlat tomonidan yig'iladigan ma'lumotlar hajmining ortishi bunday jinoyatlar ko'payishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, messenjer rahbari yaqinda ANTS agentligiga qilingan xakerlik hujumiga ham to'xtalib o'tdi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, ushbu kiberhujum natijasida kamida 10 mln foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari tarmoqqa sizib ketgan bo'lishi mumkin. Shu sababli Telegram korrupsiyalashgan byurokratlarga foydalanuvchilar yozishmalarini taqdim etishdan ko'ra, Fransiya bozorini tark etishni afzal ko'radi.

Ma'lumot uchun, Pavel Durov 2024 yil avgust oyidan buyon Fransiyada tergov ostida qolmoqda. Unga nisbatan messenjer orqali noqonuniy harakatlarga ko'maklashish bo'yicha ayblovlar qo'yilgan edi.

Tadbirkor 5 mln yevro garov puli evaziga ozod qilingan bo'lib, hozirda mamlakatdan chiqish bo'yicha cheklovlar olib tashlangan, biroq tergov harakatlari davom etmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari