XKSning Rossiya segmentida havo sizib chiqishi bartaraf etildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

XKSning Rossiya segmentida havo sizib chiqishi bartaraf etildiXalqaro kosmik stansiyaning Rossiya segmentida havo sizib chiqishi to'xtatildi

Xalqaro kosmik stansiyaning Rossiya segmentida bir necha yildan buyon muhandislar uchun jiddiy muammo bo'lib kelayotgan havo sizib chiqishi bartaraf etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar "Zvezda" modulining o'tish bo'lmasida aniqlangan yoriqlarni maxsus germetik modda yordamida yopishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, konstruksiyada bunday nosozliklar paydo bo'lishining aniq sabablari hamon ochiqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan Ixbt.com nashri ma'lumot taqdim etdi. Hozirda NASA va "Roskosmos" vakillari yoriqlar xavfi bo'yicha turlicha pozitsiyani egallab turibdi.

Muammoning asosiy sabablari sifatida nasoslar tebranishi natijasida metallning toliqishi yoki korroziya jarayonlari taxmin qilinmoqda. NASA vakili Djoel Montalbano stansiya konstruksiyasining umumiy holati yuzasidan xavotir bildirgan.

Shu sababli, xavfsizlik chorasi sifatida ekipaj a'zolari ishlayotgan vaqtda bo'lmalar orasidagi lyuklar yopiq holatda saqlanmoqda. Kosmik stansiyaning kelgusi taqdiri va undan foydalanish muddatlari bo'yicha yakuniy xulosa 2026 yil oxirigacha e'lon qilinishi kutilmoqda.

NASA avvalroq loyihani 2030 yilda yakunlashni rejalashtirgan edi, biroq hozirda ushbu muddatni 2032 yilgacha uzaytirish imkoniyatlari ko'rib chiqilmoqda. Rossiya segmentidagi ta'mirlash ishlari havo yo'qotilishini to'xtatgan bo'lsa-da, mutaxassislar ob'ektning texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turibdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish