Boykonurdan uchirilgan yuk kemasi XKSga 2,5 tonna yuk olib ketdi

0
Boykonurdan uchirilgan yuk kemasi XKSga 2,5 tonna yuk olib ketdiBoykonur kosmodromidan Progress MS-34 yuk kemasi orbitaga uchirildi Boykonur kosmodromidan Rossiyaning Progress MS-34 yuk kemasini olib chiquvchi Soyuz-2.1a raketasi muvaffaqiyatli start oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Parvoz jarayonida kema raketaning uchinchi pog'onasidan ajralib, belgilangan orbitaga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Hozirda umumiy og'irligi 7,4 tonnani tashkil etuvchi apparat Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tomon yo'nalish oldi. Mazkur missiya doirasida stansiyaga jami 2,5 tonnaga yaqin turli yuklar yetkazilishi ko'zda tutilgan.

Yuklar tarkibidan 700 kg yoqilg'i, 420 kg ichimlik suvi va 50 kg siqilgan kislorod o'rin olgan. Shuningdek, kema bortida stansiya texnik tizimlari hamda ekipaj ehtiyojlari uchun 1,3 tonnadan ortiq quruq yuklar, jumladan, yangi Orlan-MKS skafandri olib ketilmoqda.

Ilmiy dastur doirasida vaznsizlik holatining inson organizmiga ta'sirini tadqiq qilish uchun VR-uskunalar hamda biologik tajribalar o'tkazishga mo'ljallangan maxsus asboblar yuborildi. Belgilangan reja bo'yicha Progress MS-34 kemasi 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:01 da XKSning Zvezda moduliga tutashishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari