Oksford fiziklari dunyodagi eng kuchli yorug'lik nurini yaratdi

0
Oksford fiziklari dunyodagi eng kuchli yorug'lik nurini yaratdiOksford va Belfast Qirollik universiteti fiziklari dunyodagi eng kuchli yorug'lik manbasini yaratish usulini ishlab chiqdi Oksford universiteti hamda Belfast Qirollik universiteti fiziklari hamkorlikda laboratoriya sharoitida yuqori quvvatli yorug'lik manbasini olish texnologiyasini yaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar ushbu kogerent nurlanish usuli fanda yangi davrni ochishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot berdi.

Yangi texnologik jarayon ikki asosiy bosqichdan iborat. Dastlab kuchli lazer nuri plazmaga yo'naltiriladi.

Mazkur jarayonda plazma yuzasi o'ta tez harakatlanuvchi ko'zgu vazifasini o'taydi. Undan qaytgan yorug'lik to'lqinlari qisqarishi natijasida energiya darajasi keskin yuqorilaydi.

Ikkinchi bosqichda o'zgargan nurlar juda kichik nuqtaga fokuslanadi. Natijada to'lqinlarning o'zaro bir-birini kuchaytirishi hisobiga favqulodda yuqori energiya konsentratsiyasiga ega impuls yuzaga keladi.

Ushbu kashfiyot ilgari faqat nazariy jihatdan ma'lum bo'lgan effektlarni amaliy o'rganishga sharoit yaratadi. Xususan, olimlar kvant elektrodinamikasi doirasidagi vakuumning g'ayritabiiy xususiyatlarini eksperimental tarzda tekshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Yangi yondashuv nurlanishni olish va uni kuchaytirish jarayonlarini yagona tizimda birlashtirgani bilan ahamiyatlidir. Hozirda tadqiqotlar boshlang'ich bosqichda bo'lsa-da, ushbu texnologiya fundamental fizika qonuniyatlarini qayta ko'rib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari