"Soyuz-5" raketasining ilk sinov parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi
"Roskosmos" davlat korporatsiyasi dunyodagi eng yuqori quvvatli suyuq raketa dvigateli bilan jihozlangan "Soyuz-5" raketasining ilk parvoz tasvirlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining xabar berishicha, mazkur parvoz 30 aprel kuni Boyqo'ng'ir kosmodromidan amalga oshirildi. Sinov jarayonida raketaning birinchi va ikkinchi bosqichlari belgilangan tartibda ishladi, yuk maketi esa Tinch okeanining ko'zlangan hududiga tushdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, "Soyuz-5" raketasi yuk tashish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish orqali kosmik parvozlar iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ekologik toza yoqilg'i asosida ishlaydigan ushbu texnikaning yuk ko'tarish quvvati 17 tonnagacha yetkazilgan.
Mazkur texnologik yutuq natijasida Qozog'iston jahonning kosmik davlatlari safiga qo'shildi. Ma'lumot uchun, Qozog'iston Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan "Bayterek" qo'shma loyihasining asosiy hamkori sanaladi.
Yangi avlod raketasi kelgusida xalqaro kosmik stansiyalarga yuk yetkazish va tijoriy loyihalarni amalga oshirishda muhim bo'g'inga aylanishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0