Fabrisio Romano Flikning "Barselona"dagi kelajagi haqida xabar berdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish1

Fabrisio Romano Flikning "Barselona"dagi kelajagi haqida xabar berdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik yaqin orada klub bilan yangi mehnat kelishuviga imzo chekadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ushbu ma’lumotni taniqli insayder Fabrisio Romano ham tasdiqladi. Germaniyalik mutaxassisning yangi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hujjatga hamkorlikni yana 12 oyga avtomatik uzaytirish bandi ham kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 61 yoshli murabbiyning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zaxavi yaqin vaqt ichida Kataloniya klubi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuvda tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini ishlab chiqishlari va yakuniy qarorga kelishlari kutilmoqda. Ma’lumot uchun, Hansi Flik «Barselona»dagi faoliyatini 2024-yilning yozida boshlagan edi.

U ushbu lavozimda Xavi Ervandesning o‘rnini egalladi. Flik qo‘l ostida jamoa joriy mavsumda ijobiy natijalar qayd etib, muxlislar va rahbariyat ishonchini qozonishga ulgurdi.

Yangi shartnoma klubning nemis mutaxassisi bilan uzoq muddatli rejalarga ega ekanligini anglatadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish