Xavi: «Messi unga pas bermaganim uchun mendan g’azablanardi»

0
Xavi: «Messi unga pas bermaganim uchun mendan g’azablanardi»
Xavi: «Messi unga pas bermaganim uchun mendan g'azablanardi» «Barselona» klubining afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan bir jamoada to'p surgan yillarini yodga oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniyalik va argentinalik futbolchilar uzoq vaqt davomida «ko'k-anorranglilar» sharafini birgalikda himoya qilishgan. Messi, Xavi va Inyesta triosi futbol tarixidagi eng kuchli bog'lamlardan biri hisoblanadi.

Biroq afsonaviy uchlik o'rtasidagi munosabatlarda ham doim hamma narsa silliq kechmagan. Xavining so'zlariga ko'ra, maydondagi o'yin vaqtida tushunmovchiliklar ham uchrab turgan.

«Ba'zida Messi boshqa jamoadoshlarimga pas berganim uchun mendan g'azablanardi. U yonimga kelib: «Nima qilyapsan?

To'pni menga ber! Yaqinroq kel, men bilan o'yna», — deb aytardi», — deya Xavining so'zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.

Ma'lumot uchun, Xavi Ernandes «Barselona» tarkibini 2015-yilda tark etgan, keyinchalik esa klubga bosh murabbiy sifatida qaytgan edi. Lionel Messi esa kataloniyaliklar safidan 2021-yilda ketgan.

Hozirgi kunda u AQShning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari