
Nuri Shaxin: «"Real Madrid"da o'ynash men uchun ushalgan orzu edi» Kelib chiqishi turkiyalik bo'lgan germaniyalik sobiq futbolchi Nuri Shaxin faoliyati davomida "Real Madrid" klubida to'p surgan yillarini yodga oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Garchi uning Madridagi faoliyati kutilganidek muvaffaqiyatli kechmagan bo'lsada, Shaxin ushbu klubni yuqori baholashda davom etadi va u yerdagi davrini iliq xotiralar bilan eslaydi. Sobiq yarim himoyachining ta'kidlashicha, dunyoning eng nufuzli klublaridan birida to'p surish uning hayotidagi eng muhim voqealardan biri bo'lgan.
Shaxin Ispaniya futbolida orttirgan tajribasi uning xotirasida bir umrga muhrlanib qolganini e'tirof etdi. «"Real Madrid" safida maydonga tushish men uchun haqiqiy orzuning ushalishi edi.
Bu haqda farzandlarim va nabiralarimga faxr bilan gapirib bera olaman. Ispaniya futbolida ko'rganlarim unutilmasdir.
Men u yerda Krishtianu Ronaldu, Marselo, Pepe, Serxio Ramos, Karim Benzema va Kaka kabi afsonaviy futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman», — deya Shaxinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri. Ma'lumot uchun, Nuri Shaxin 2011-yildan 2014-yilga qadar "Real Madrid" sharafini himoya qilgan.
Hozirda u murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqda.