Benzema «Lion» klubiga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

0
Benzema «Lion» klubiga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hujumchisi Karim Benzema ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zining sobiq jamoasi — Fransiyaning "Lion" klubiga qaytishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

36 yoshli futbolchining ta'kidlashicha, uning qadrdon jamoasiga futbolchi sifatida qaytish ehtimoli juda past. Shu bilan birga, tajribali hujumchi kelajakda "Lion" rahbariyatida faoliyat yuritishi mumkinligini inkor etmadi.

Benzema o'zining professional faoliyatini aynan ushbu klubda boshlagan bo'lib, 2005-yildan 2009-yilga qadar "Lion" sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u Madridning "Real" klubiga o'tgan edi.

Ma'lumot uchun, Benzemaning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning iyun oyiga qadar imzolangan. Hozirgi vaqtda transfer bozori tahlilchilari tajribali to'purarning narxini 10 mln yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda u "Al-Ittihod" tarkibida samarali o'yin ko'rsatib, jamoasining g'alabalariga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Hujumchi faoliyatini qachon yakunlashi borasida hozircha aniq to'xtamga kelmagan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari