
«Lion» hujumchisi Endrik jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonseka tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Avvalroq portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining so'nggi o'yinlardagi harakatlaridan qoniqmayotganini va undan ko'prog'ini kutayotganini ochiqchasiga ma'lum qilgan edi. 19 yoshli hujumchi Fransiya chempionatining (Liga 1) navbatdagi turida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda (2:1) o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.
U mazkur uchrashuvda bitta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. «Murabbiyning men haqimdagi gaplarimi?
U bilan hech qanday muammom yo'q. Bunday izohlardan hech qachon xafa bo'lmayman, aksincha, ular meni yanada ko'proq mehnat qilishga majbur qiladi.
Men barchasiga maydonda javob berishim kerakligini yaxshi tushunaman», — deya Endrikning so'zlarini keltirmoqda Madrid Zone nashri. Ma'lumot uchun, yosh hujumchi hozirda «Lion» safida ijara asosida to'p surmoqda.
Uning transfer huquqi Madridning «Real» klubiga tegishli hisoblanadi. Endrik joriy mavsumda o'z o'yini orqali asosiy tarkibdagi o'rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0