«Bavariya» murabbiyi Kompani Buyuk Britaniyadagi hovlisini sotuvga qo‘ydi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

«Bavariya» murabbiyi Kompani Buyuk Britaniyadagi hovlisini sotuvga qo‘ydi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Buyuk Britaniyadagi ko‘chmas mulkini sotishga qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, belgiyalik mutaxassis Cheshir grafligida joylashgan hovlisini 3,45 mln funt sterlingga baholagan.

Ushbu qaror murabbiyning Germaniyada oila a’zolari bilan birga doimiy yashashni rejalashtirayotgani bilan izohlanmoqda. Kompani ushbu hovlida 11 yil davomida istiqomat qilgan.

U mazkur hududda o‘zining futbolchilik faoliyati davomida, xususan, «Man Siti» safida to‘p surgan yillarida yashab kelgan. Eslatib o‘tamiz, Vensan Kompani 2024-yilning yozida Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempionati va Germaniya superkubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Hozirda murabbiy bor e’tiborini myunxenliklar bilan yangi g‘alabalarga erishishga qaratgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish