Dante va Riberi "Bavariya" yoshlar jamoasida birga ishlashi kutilmoqda

0
Dante va Riberi "Bavariya" yoshlar jamoasida birga ishlashi kutilmoqda
Braziliyalik himoyachi Dante professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga hozirlik ko'rmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirda 41 yoshni qarshi olgan tajribali futbolchi Fransiyaning "Nitssa" klubi sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumdagi o'yinlar, xususan, Fransiya kubogi finalidan so'ng butsasini mixga ilishni rejalashtirgan.

L’Équipe nashri xabariga ko'ra, Dante kelasi mavsumda o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Bavariya" klubiga qaytishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, himoyachi 2012–2015-yillar davomida Myunxen klubi safida to'p surgan.

Yangi mavsumdan boshlab u myunxenliklarning yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshlaydi. Dante allaqachon UEFAning professional murabbiylik litsenziyasini qo'lga kiritgan.

Qayd etilishicha, uning murabbiylar shtabiga sobiq jamoadoshi va Fransiya terma jamoasi sobiq a'zosi Frank Riberi ham qo'shilishi mumkin. Riberi ayni paytda murabbiylik litsenziyasini olish jarayonini yakunlamoqda va kelajakda braziliyalik mutaxassisga assistentlik qilishi kutilmoqda.

Ushbu tandem "Bavariya" akademiyasida yangi iqtidorlarni tarbiyalashga mas'ul bo'ladi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari