Italiyalik taniqli hakam Janluka Rokki iste'foga chiqdi

0
Italiyalik taniqli hakam Janluka Rokki iste'foga chiqdi
Italiyalik hakam Janluka Rokki iste’foga chiqdi Italiyalik taniqli hakam Janluka Rokki o‘zining kasbiy faoliyati va shaxsiga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari fonida iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirda Rokki moliyaviy firvargarliklar va turli manipulyatsiyalarda gumon qilinmoqda. Pianetamilan.it nashrining xabar berishicha, tergov doirasida nafaqat Rokki, balki Italiya chempionatining yuqori divizioni o‘yinlarida VAR tizimida ishlovchi hakamlardan biri ham gumon ostiga olingan.

Mazkur mojaro ko‘lami bo‘yicha 2006-yildagi mashhur "Kalchopolli" ishidan ham o‘tib ketishi taxmin qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘sha vaqtdagi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq janjal sababli Turinning "Yuventus" klubi A Seriyadan chetlatilib, quyi ligaga tushirib yuborilgan edi.

Ayni vaqtda Italiya chempionatida 34-tur bahslari davom etmoqda. Turning markaziy uchrashuvi yakshanba oqshomida Turin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda "Yuventus" o‘z maydonida "Milan" jamoasini qabul qiladi. Mazkur hakamlar bilan bog‘liq vaziyat Italiya futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tergov natijalari mamlakat futbol tizimida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari