Arteta: «Xaverts va Eze jarohati unchalik jiddiy emas»

0
Arteta: «Xaverts va Eze jarohati unchalik jiddiy emas»
Mikel Arteta "Arsenal" futbolchilarining jarohati borasida ma'lumot berdi Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer ligasining 34-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvdagi majburiy almashtirishlar haqida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur bahsda "kanonirlar" 1:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, jamoaning ikki nafar asosiy o'yinchisi — Kay Xaverts va Eberechi Eze maydonni muddatidan avval tark etishga majbur bo'ldi. Xususan, germaniyalik hujumchi Kay Xaverts o'yinning 35-daqiqasida Viktor Dyokereshga almashtirildi.

Maydonni tark etayotgan futbolchining kayfiyati tushkun ekani kuzatildi. Ma'lumot uchun, Xaverts o'tgan yili tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.

Shuningdek, uchrashuvning 54-daqiqasida Eberechi Eze ham o'zida noqulaylik sezgani sababli zaxiraga olindi. Mikel Arteta: «Bu mushaklardagi og'riq, jarohatlar unchalik jiddiy emas deb o'ylaymiz.

Ularning chorshanba kungi o'yinga tayyor bo'lish-bo'lmasligini vaqt ko'rsatadi», — deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirdi "The Athletic" nashri. Eslatib o'tamiz, "Arsenal" jamoasini kelasi haftada Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi muhim bahs kutmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari