Bukayo Saka "Arsenal" safida maydonga qaytdi

0
Bukayo Saka "Arsenal" safida maydonga qaytdi
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka uzoq tanaffusdan so‘ng yana safga qaytdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

24 yoshli futbolchi Angliya Premyer ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi kechgan shanba kungi bahsning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. Mazkur uchrashuv "kanonirlar"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindagi yagona gol 9-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritildi. Bukayo Saka jarohati sababli 22-martdan buyon rasmiy o'yinlarda ishtirok etmayotgan edi.

Bir oydan ortiq davom etgan muolajalardan so'ng safga qaytgan futbolchi o'z quvonchini ijtimoiy tarmoqlar orqali izhor qildi. "Yana bir qadam tashlandi, biz oldinga intilishda davom etamiz.

Maydonga qaytganimdan juda xursandman", — deya ta'kidladi Saka uchrashuvdan so'ng. Ushbu g'alabadan keyin "Arsenal" turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo'lga oldi.

Hozirda londonliklar "Man Siti" jamoasini 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq "shaharliklar" hisobida hali bitta zaxira o'yini mavjud.

Sakaning safga qaytishi chempionlik poygasining hal qiluvchi pallasida "Arsenal" uchun muhim ahamiyatga ega deb baholanmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari